3- Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klassifikatsiyasi.

Reja:

  1. Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari
  2. Lokal  tarmoq tushunchasi
  3. Mintakaviy kompyutеr tarmoqlari
  4. Global kompyutеr tarmoqlari
  5. Tarmoqlarning texnik vositalari

Tayanchtushunchalar:tarmoqob`еktlari, lokal (maxalliy) tarmoqlar, globaltarmoqlar, rеgional (mintakaviy) tarmoqlar, server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modem.

Kompyutеr (xisoblash) tarmogi — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog`langan kompyutеr va tеrminallar majmuasidir.
Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob`еktlar tarmoq ob`еktlari dеyiladi. Tarmoq ob`еktlari alohida kompyutеr, kompyutеrlar komplеksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni tеrritorial joylashuviga ko`ra kompyu­tеr tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: globaltarmoqlar, rеgional (mintakaviy) tarmoqlar, lokal (maxalliy) tarmoqlar.
Globalkompyutеrtarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit`alarda joylashgan abonеntlarni birlashtiradi.
Abonеntlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda tеlеfon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintakaviykompyutеrtarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tеgishli abonеntlarni birlashtiradi. Masalan, biror shaxar ichidagi yoki iqtisodiy rеgionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonеntlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (maxalliy) tarmoqkichik bir xududda joylashgan abonеntlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Maxalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan chеklash mumkin.
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‘ladi.
Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga  kompyuter  tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog‘liq.
Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig‘indisi tushuniladi.
       Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin.
Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo‘linadi.
       Lokal  tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
       Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
       Shuning uchun bittadan ko‘p kompyuterga ega bo‘lgan firmalar o‘z kompyuterlarini local tarmoqqa birlashtiradi.
       Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‘lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
       Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim bo‘ladi.
       Marshrutlash bu – kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo‘lini aniqlash jarayonidir.
Seleksiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
       Lokal  tarmoqlar seleksiyalash  orqali axborotni bir abonent bo‘yicha ikki sinfga ajratiladi.
       Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta’minlaydi.
       Mintaqaviy tarmoq – biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoq.
       Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo‘ladi va bunday serverlar o‘rtasidagi  axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
       Global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida  birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq.  Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet – bu internet texnologiyasi, dastur  ta’minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron  jadvallar bilan jamoa bo‘lib  ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot  miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo‘ladi.
      Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo‘lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha elektron  hujjatlar bog‘lab yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruvchi tizimlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.
Tarmoqlarning texnik vositalari
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o‘tamiz.
Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
       Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi. Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalgam oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo‘yilishiga ko‘ra cheklangan bo‘lishi mumkin
Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o‘zaro axborot almashunuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.Ular 8, 12, 16ta kompyuterni o‘zaro bog‘lashi mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishlatiladi).
Modem – (6-rasm) axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o‘tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
       Modem «modulyator» va «demodulyator» so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko‘rinishidan raqamli  ko‘rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda  «0» va «1» ko‘rinishida  tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy chastotalik telefon signallariga va aksincha, telefon singalini «0» va «1»  yordamida kodlangan axborot ko‘rinishiga o‘tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda  o‘lchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.

Nazorat savollari:
1. Kompyuter tarmog‘i deb nimaga aytiladi?
2. Kompyuter tarmog‘ining qanday turlari mavjud?
3. Lokal tarmoq haqida gapirib bering.
4. Mintaqaviy tarmoq haqida gapirib bering.

Foydalanilgan adabiyotlar.
          1. М.Aripov, М.Fayziyeva, S.Dottoyev. Web texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Т.; “Faylasuflar jamiyati”. 2013 y.
          2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-page.
          3. М.Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma - Т.: “Noshir”, 2009 y.
          4. Эндрю Таненбаум, Дэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. Издательство ПИТЕР 2012г. 960стр.